Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Navröz bayramida an'anaga köra, mamlakat ziyolilari bilan uçraşuv ötkazdi.
Prezident ziyolilar oldida çiqiş qilar ekan, qadimiy Navröz bayrami, unga xos bölgan urf-odatlar haqida söz yuritdi hamda tojik ziyolilari uşbu qadimiy bayram tarğibotini kuçaytirişiga işonç bildirdi. Bu haqida Tojikiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
"Ziyolilar qatlami, jamiyatning faol va qudratli kuçi sifatida milliy ong şakllanişi va özlikni anglaşda juda muhim rol öynaşi, millat va davlat manfaatlarini sodiq va qat'iy himoya qilişi mumkin", - deya ta'kidladi Tojikiston davlat rahbari.
Imomali Rahmon ziyolilar vakillari yoş avlodning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşi kerakligini ta'kidladi.
"Siz har bir ösmir va yoşning yuragida milliy iftixor va qaynoq vatanparvarlik hissini uyğotişingiz, ularni ilm-fan hamda kasb-hunar örganişga yönaltirişingiz, şuningdek ularni Vatan farovonligi yölida xizmat qilişga undaşingiz kerak".
U mamlakatning barça ilmiy-ta'lim tuzilmalariga yoş ziyolilar uçun qulay şaroitlar yaratiş topşiriğini berdi.
Millat yetakçisi ziyolilar va mamlakat aholisini Navröz umumxalq bayrami bilan tabriklab, ularga baxt va farovonlik tilab qoldi.












