Fransiya politsiyasi dökonga öğrilikka tuşgan paytda uning peşoynasida tiqilib qolgan öğrini uşladi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Fransiya milliy jandarmeriyasi öğrining peşoynada tiqilib qolgan suratini tvitterda çop etdi. "Mast holdagi kimsa dökonga öğrilikka tuşib, uni tark etmoqçi bölganda oynada tiqilib qolgan va qölga olingan", deyilgan #ThugLife ("jinoiy hayot" ) xeştegi bilan berilgan postda.

Voqea 16 mart kuni Moleon-Lişar şahrida yuz bergan. Jinoyatçi dökonga kiriş uçun bolğa yordamida uning peşoynasida darça oçib, u orqali dökon içiga kirgan. "Uddaburon" öğri şu yöl bilan dökonni tark etmoqçi bölganda, tanasining beligaça qisminigina darçadan çiqara olgan. Öğrini darçadan çiqarib oliş uçun uni aniqlagan politsiyaçilar öt öçiruvçilarni yordamga çaqirtirişgan.