Fransiya prezidentlik lavozimiga nomzodlar birinçi teledebatlarini ötkazdi.
20 mart, duşanba kuni 5 nafar nomzod teledebatlarda yuzma-yuz uçraşdi. Bu esa kim uçun ovoz berişini aniqlamagan köp sonli saylovçilarga ta'sir körsatişi kutilmoqda. Ilk teledebatlarda mavjud 11 nomzoddan asosiy 5 nomzod: «Milliy front» partiyasi yetakçisi Marin Le Pen, «Olğa» harakati yetakçisi, mustaqil nomzod Emmanuel Makron, Respublikaçilar partiyasidan (önglar) nomzod Fransua Fiyon, sotsialist Benua Amon va «Isyonkor Fransiya» partiyasi (söllar) raisi Jan-Lyuk Melenşon uçraşdi.
BFMTV telekanali buyurtmasi bilan Elabe tadqiqot kompaniyasi ötkazgan sörovga köra, bu oqşomda Makron nisbatan ustunlik körsatgan (29 foiz). Undan keyin Melanşon (20 foiz), Le Pen (19 foiz), Fiyon (19 foiz) va Amon (11 foiz) joylaşgan.
Figaro gazetasi sayti ötkazgan va 54,9 ming kişi iştirok etgan sörovga köra, Fiyon ustun kelgan - 36 foiz. Sobiq boş vazir ortidan joylaşuvçilar quyidagi tartibda: Makro - 24 foiz, Le Pen - 18 foiz, Melanşon - 17 foiz va Amon - 5 foiz.

Muhojirlar qabul qilinadimi yoki yöqmi? Qanday şartlar bor?
Barça nomzodlar xavfsizlik masalasi va terrorizmga qarşi kuraşni birinçi galdagi vazifa sifatida ma'lum qilgan. Lekin ularnning bu muammolarni hal qiliş yöllari turliça.
Bir vaqtning özida ham öng ham söl bölişga intilayotgan Makron bir tomondan noqonuniy migratsiyaning oldidan oliş uçun çegaralarni mustahkamlaşni taklif etmoqda. Boşqa tomondan esa bu masalaga mas'uliyat bilan yondaşib, kim yordamga va himoyaga muhtoj bölsa, ularni qabul qilişni istamoqda.
"Men YeI bilan kelişilgan izçil va kuçli, şu bilan birga bizning tamoyillarimizga mos keluvçi pozitsiyani taklif etaman", — degan sobiq iqtisodiyot vaziri.
"Janob Makronning fikriga qarşi fikrim bor. U Berlinga safari çoğida Germaniya kansleri siyosatini ma'qullagandi. Bu siyosatni hatto uning döstlari ham qoralagan, çunki muhojirlarning hammasi ham tuzumdan qoçgan siyosiy qoçqinlar bölmaydi. Albatta, Suriyadan köpçilik keladi, ammo undan ham köp kişi dunyoning turli burçaklaridan kambağallikdan qoçib keladi. Bu masalani hal etiş Yevropa oldida turgan katta vazifadir", deya javob qaytargan u muxolifiga.
Öz navbatida respublikaçi nomzod Fransiya parlamenti muhokamasi orqali har yili qoçqinlar uçun ma'lum miqdorda kvota ajratişni taklif etgan. Kvota mamlakatdagi iqtisodiy holatdan kelib çiqib belgilanişi, hukumat imkoniyat darajasida qoçqinlarni qabul qilib, ularni iş bilan ta'minlaşi mumkin.
Söl kuçlar vakillari Amon va Melanşon esa Fiyonning kvotalar xususidagi taklifiga e'tibor qaratgan.
"Biz öz imkoniyatlarimiz darajasida iş olib bormayapmiz. Germaniya va hatto Şvetsiya Fransiyadan köra köproq qoçqinlarni qabul qilmoqda", degan Amon. Uning keltirişiça, mamlakatda xorijliklar uluşi ötgan asrning 30-yillaridagi darajada qolmoqda, har yili kelayotgan 200 ming muhojirdan 150 minggi Fransiya yerlarini tark etib ketmoqda.
Melanşon undan ham köra keskinroq munosabat bildirgan.
"Kvotalar öylab topasiz, çiptalar va yana nimalardir. Kimdir çopib ötayotgan bölsa, uni dengizga itarib yuborasizmi? Uni kaltaklaysizmi? Bu jiddiy iş emas", degan öta söl siyosatçi. U özi ham muhojirlar avlodi ekani, uning ota-onasi Marokaşdan qaşşoqlikdan qoçib kelgani haqida gapirgan.
"Odamlar özi istab muhojirga aylanmaydilar. Muhojirlik - yangi boşpana izlaşdir", deya qayd etgan Melanşon. U barça nomzodlarni öz oldiga muhojirlarga yordam körsatişni vazifa qilişga çaqirgan. U muammoni hal etiş uçun uçinçi dunyo mamlakatlari iqtisodiyotini xarob qiluvçi kelişuvlardan boş tortiş, turli nuqtalardagi qurolli ziddiyatlarga barham beriş va hokazo yöllarni qayd etib ötgan.
Öz navbatida Le Pen immigratsiyaga qarşi kuraşga çaqirgan.
"Men qonuniy va noqonuniy muhojirlik tuşunçasini saqlab qoliş tarafdoriman. Har yili Fransiya 200 ming xorijlikni qabul qiladi, undan taşqari yana şunça kişi noqonuniy yöllar bilan keladi. Çegara nazoratini kuçaytiriş kerak, çunki vayron bölgan Gretsiya va qoçqinlar bilan tölib-toşgan Italiya ularni töxtata olmaydi. Biz qoçqinlarga heç narsa taklif eta olmaymiz, bizning özimizda 7 million kişi işsiz va 9 million kişi beçorahol yaşamoqda. E'tiborni ularga qaratişimiz kerak", degan Milliy front yetakçisi. U köplab muhojirlar Fransiyada heç qanday iş qilmagan holda öz vatanida işlab topişi mumkin bölganidan 5 barobar köp miqdorda yordam puli olayotganini qayd etib, Fransiya 10 ming nafardan ortiq muhojir qabul qilmasligi kerakligi haqida gapirgan.
Fransiyada prezidentlik saylovlari birinçi turi 23 aprel kuni bölib ötadi, ikkinçi tur 7 mayga belgilangan.











