Sport | 13:43 / 21.03.2017
10052
2 daqiqa o‘qiladi

Vardi Ranerining ketishi tufayli katta muammolarga duch keldi

«Lester» jamoasi hujumchisi Jyeymi Vardi sobiq bosh murabbiy Klaudio Ranerining iste'fosiga aloqador emasligini ta'kidladi.

«Sevilya»ga qarshi o‘yindan keyin qanaqadir fitnada ishtirok etib, Ranerining iste'fosiga sababchi bo‘lgan emishman. Bunday gaplarni eshitish og‘ir. Men 3 soat davomida doping tahlilini topshirgan edim.

Ammo odamlar meni aybdor deb hisoblab, har kuni oilamga, ko‘chalarda xotinim Rebekaga va bolalarimga o‘lim bilan tahdid qilmoqda.

Bu dahshat. Menga ko‘plab asossiz ayblovlar qo‘yildi. Biz futbolchilar bunga qarshi hech narsa qila olmaymiz. Faqat o‘z o‘yinimizga diqqat-eʼtiborni qaratishga majburmiz» - deya Vardining so‘zlarini keltirgan BBC.

Jamoani Angliyada tarixiy chempionlikka yetaklab borgan Klaudio Raneri jamoa ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga uchragach, fevral oyida rahbariyat tomonidan iste'foga chiqarildi. 

Bundan oldinroq OAVda bir qancha futbolchilar rahbariyatdan Ranerining ketishini so‘ragani haqida xabarlar tarqatilgandi. Ammo Ranerining o‘rniga tayinlangan sobiq yordamchi murabbiy Kreyg Shekspir bu xabarlarni butkul inkor qildi.

Mavzuga oid