«Liverpul» jamoasi boş murabbiyi Yurgen Klopp APLning 26-turida «Lester»ga qarşi keçadigan uçraşuv oldidan Klaudio Ranerining işdan böşatilganiga munosabat bildirib ötdi.
«Bu voqea röy berganidan hayron bölmadim. Nega deysizmi? Bu faqat futbol tufayli emas. Oxirgi vaqtlarda bunday dahşatli voqealarni köp körmoqdamiz – Brexit (Buyuk Britaniyaning YeIdan ajralib çiqişi – tahr), Tramp va endi Raneri.
«Lester» rahbariyati nega bu işni qilganiga tuşuna olmayapman.
Raneri bizning kasbimizdagi alohida odam, u ajoyib odam. Biz Klaudio bilan avvaldan tanişmiz, men Germaniyadaligimda u Dortmundga, meni körişga kelgandi. U şunday ğaroyib odam. Lesterga boring va ulardan sörang, nega ular bu işni qilişdi?.
Hafta boşida men yigitlarga aytgandim: «Lester» endi öz muammolarini anglab yetdi, endi biz kuçli «Lester»ni köramiz.
Çempionlar ligasida siz ularning golini va ularning şundan keyingi harakatlarini kördim. Golgaça va goldan keyingi öyin butkul farqli edi. Körinib turgandiki, ularga öziga bölgan işonç qaytişi uçun gol kerak edi.
Men ular darhol özgarib qolgan deb öylamayman. Ehtimol, «Lester» futbolçilari endi nimanidir isbotlab qöymoqçi bölişar, ammo biz bunga yöl qöymaymiz», – degan Klopp.












