Disney Research tadqiqot markazi olimlari Gyunter Nimeyyer va Mettyu Pen virtual reallikda jismoniy obektlar bilan özaro aloqa qilişning innovatsion usulini taqdim etişdi. Bu haqda Phys.org xabar bermoqda.

Tadqiqotçilar foydalanuvçilarga virtual reallikda haqiqiy töpni uşlab oliş imkonini beruvçi modelni yaratişdi. Nimeyyer va Pen uçta vizualizatsiyani körib çiqişdi: snaryad renderinggi, uning harakatlaniş yöli va uşlaş nuqtasi. Olimlar Kalman filtrlaşidan foydalanib, töpni uni uşlab oluvçiga yaqinlaşişiga oid taxminiy hisob-kitoblarni yaratişdi.

Şundan söng qator tajribalar ötkazildi. Masalan, ular obekt parvozini dasturlaşdi, nişonni belgilab berişdi yoki virtual reallikning tasodifiy nuqtasiga qarata otişgan. Biroq töp albatta uni uşlamoqçi bölgan kişi qöliga kelib tuşgan.

«Haqiqiy töpni uşlaş va uni his etiş imkoniyati VR’ni yanada boyroq va haqiqatga yaqin qiladi», - deya ma'lum qildi Nimeyyer.