Facebook va Google joriy yilda raqamli reklama jahon bozorida yetakçilik qilişda davom etadi.

YeMarketer kompaniyasi taxminiga köra, 2017 yilda Google’ning reklamadan daromadi 72,69 mlrd dollarni, Facebook’niki esa 33,76 mlrd dollarni taşkil qiladi. Kompaniyalarning bozordagi umumiy uluşi esa 46,4 foizga yetadi.

«Joriy yilda Facebook hamda Google raqamli reklama sohasidagi yetakçilikni yana öz qöliga oladi hamda bu sohadagi butun dunyo böyiça daromadning qariyb yarmini qölga kiritişadi, ular şuningdek mobil va video segmentlarida ajoyib natijalarni körsatadi», - deya ta'kidlaydi eMarketer tahlilçisi Şilen Şam.

Ta'kidlanişiça, 2017 yilda reklama beruvçilarning raqamli reklamaga bölgan sarf-xarajatlari 17,4 foizga ortib, 583,91 mlrd dollarni taşkil etadi (bu ularning umumiy reklama byudjyetining 38,3 foiziga teng).

Snap ham bozordagi öz uluşiga ega böladi, ammo texnologik gigantlar bilan raqobatlaşa olmaydi. Kutilişiça, kompaniyaning reklamadan daromadi 163,3 foizga ortib, 900 mln dollarga yetadi.

Tahlilçilar fikriça, yaqin kelajakda Xitoyning uçta yirik kompaniyasi - Baidu, Alibaba va Tencent Facebook hamda Google’ga raqobatçilik qilişi mumkin. Bu uçlik daromadni raqamli va mobil reklama yordamida oşirişi katta ehtimolga yaqin.

Joriy yilda Baidu, Alibaba va Tencent’ning reklamadan umumiy yillik daromadi 35,82 mlrd dollarni taşkil etadi.