Aylanma harakatli aeroportlar ança köp foydali jihatlarga ega hamda aviatsiya kelajagi sanaladi. Bu haqda gollandiyalik olim Xenk Xesselink Niderlandiya teleradiouzatiş korporatsiyasiga bergan intervyusida aytib ötdi. U bir neça yildan beri uşbu loyihani işlab çiqiş bilan şuğullanadi.
"Bunday aeroportning boş ğoyasi samolyotlar doira şaklidagi uçiş-qöniş yölagining istalgan nuqtasida qönişi mumkin ekanida, - deya ta'kidlab ötdi u. – Bu esa noqulay ob-havo şaroitlarida murakkab harakatlarni amalga oşirişning oldini oladi. Sababi uçuvçilar samolyotni özlari istagan tomondan qöndirişlari mumkin böladi".
Olimlar hisob-kitobiga köra, bu holatda yölak radiusi kamida 3,5 km bölişi kerak. "Aeroportning özi esa örtada joylaşişi mantiqan töğri", - dedi u.
Xesselinkning sözlariga köra, bunday aeroportning boşqa foydali jihatlari ham bor. Masalan, ular yoqilğini tejaş imkonini beradi, sababi samolyotlar qöniş çoğida murakkab harakatlarni amalga oşirişi kerak bölmaydi.
Bundan taşqari, haddan taşqari şovqin ta'siri ham çeklanadi. "Yaxşi ob-havo şaroitida uçiş va qönişlar aholidan ança uzoqda joylaşgan yölak qismlarida amalga oşişi mumkin, - deb hisoblaydi olim. – Eng yaqin qismlar esa faqatgina ekstremal ob-havoda qöllanilişi mumkin".
AQŞda 1960-yillarda bir neça bora şunday tajribalar ötkazilgan, biroq yakunda u taşlab qöyildi. "Men bunga nima sabab bölganini yaxşi tuşunaman, - deya ta'kidlab ötdi Xesselink. – Öşanda texnologiyalar u qadar rivojlanmagan edi. Uçuvçilar faqat köz oldidagi narsalardan vaziyatni baholaşi mumkin edi. Biroq hozirda laynerlar va aeroportlar eng zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan. Şuning uçun bu loyiha muvaffaqiyatli bölib çiqişi mumkin".
Şu bilan birga, u bu ğoya amalga oşirilişi uçun yana bir neça yil kerak bölişini yaxşi tuşunib turibdi. "Albatta, hozirgi aeroportlar yuqori sarf-xarajatlar tufayli özgarişi dargumon, - deya qöşimça qilib ötdi mutaxassis. – Biroq yangi aeroportlar bu ğoyadan foydalanişi mumkin".












