Google korporatsiyasi Android O yangi dasturiy ta'minotining sinov versiyasini çiqardi. U işlab çiqaruvçilarga möljallangan hamda çeklangan qurilmalarda işlaşi mumkin.
Kompaniya Android Öning öziga xos jihatlari haqida töxtalib ötdi. Tizim ilovalar uçun yangi çeklovlarga ega, ular fon rejimida işlaydi, bu esa qurilma işini yaxşilaşga yordam beradi. Fondagi ilovalarga endilikda internet-trafik va GPS’dan ma'lumotlarni katta hajmda işlatiş mumkin emas.
Tizim taşqi şaklida uşbu ilovadan keluvçi bildirişnomalarni körsatib turuvçi maxsus oynaçalar paydo bölgan. Şundan beyjlar iOS hamda Android uçun bir neça launçerlarda bor. Piktogrammalarning özi esa umumiy tizimga avtomatik ravişda moslaşadi.
Tizimning köp vazifaliligida ham özgarişlar röy bergan. Endi ba'zi bir ilovalarda “rasmdagi rasm” rejimida işga tuşiş imkoniyati bor. Şu tariqa, masalan, videopleyer butun ekran tepasida alohida kiçik-oynaça sifatida yoqilişi, uni istalgan joyga suriş va kattalaştiriş mumkin.
“Sozlamalar” ilovasi, ogohlantiriş tösiqçasi va tizimning köplab boşqa elementlari ham qayta işlandi. Undan Nexus 5X, Nexus 6P, Nexus Player, Google Pixel, Pixel XL va Pixel C’da foydalaniş mumkin. Şuningdek Android’ning rasmiy emulyatori orqali ham uni işga tuşiriş mumkin.












