2017 yilning kuzida Isroilda Blue Flag – harbiy-havo kuçlarining mamlakat tarixidagi eng yirik maşqlari bölib ötadi. Bu haqda Defense News yozmoqda.

Maşqlarda iştirok etiş uçun AQŞ, Gretsiya, Polşa, Fransiya, Germaniya, Hindiston va Italiya davlatlari vakillari taklif etildi. Hammasi bölib 100dan ortiq jangovar samolyotlar qatnaşişi möljallangan. Maşqlarni 40dan ortiq davlat vakillari hamda harbiy attaşelar kuzatib boradi.

«Bu Isroil HHK uçun tarixdagi eng yirik maşqlar böladi», - deya ma'lum qildi Isroil mudofaa armiyasining xalqaro hamkorlik boşqarmasi boşliği podpolkovnik Riçard Gext.

U maşqlar aynan qanday yönalişlarda bölib ötişiga oydinlik kiritmadi. Naşrning ta'kidlaşiça, avvalgi Blue Flağda qator öquv-maşğulot parvozlari amalga oşirilgan bölib, ularda havo jangi, yer ustidagi mobil va statsionar nişonlarga aniq zarba beriş hamda RQMni buzib ötiş böyiça vazifalar bajarilgan.

Blue Flag 2013 yildan beri har ikki yilda bir marotaba ötkaziladi, odatda ularning davomiyligi ikki haftani taşkil etadi.