Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London metrosidan yo‘lovchilar shoshilinch evakuatsiya qilindi
London metrosining Shimoliy Grinvich stansiyasidagi yo‘lovchilarni shubhali buyum haqidagi xabarlar sababli zudlik bilan evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, shu sababli stansiya yo‘nalishidagi yer usti transporti harakati ham vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni Londonda sayyohlar o‘rtasida ommalashgan joylardan biri – Britaniya parlamenti binosi yonida terakt sodir etildi. Vestminster ko‘prigi bo‘yicha harakatlangan avtomobil piyodalar yo‘lakchasiga chiqib, bir necha kishini urib ketgan. So‘ngra haydovchi parlament binosi yonigacha borgan va bu yerda politsiya tomondan to‘xtatilgan. Pichoq bilan qurollangan terrorchi uni to‘xtatgan politsiyachiga hujum qilgan. Politsiyachi olingan jarohatlardan halok bo‘lgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 40 kishi jarohatlangan. Terrorchining o‘zi boshqa politsiyachilar tomonidan bartaraf etilgan.
Mavzuga oid
19:21 / 13.11.2025
Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan avtobusdan 36 nafar o‘zbekistonlik qutqarildi
13:17 / 05.09.2025
Germaniya O‘zbekistonga Afg‘onistondan evakuatsiya bo‘yicha yordam uchun minnatdorlik bildirdi
19:06 / 21.06.2025
Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
11:21 / 27.12.2024