Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko  2016 yilda 67 kişini afv etdi, deb ma'lum qildi matbuot-anjumanda Poroşenko ma'muriyatining afv etiş masalalari böyiça departamenti boşliği Aleksandr Bukalov. 

"Ötgan yili prezident tomondan 67 kişi afv etildi. Şunday böldiki, 2016 yilda ham 2015 yildagidek sonda odam afv etilgan", deb aytdi Bukalov.

Bukalovning aytişiça, prezident 23 kişini ularning jazo muddatini qisqartiriş bilan afv etgan, qolganlar esa töliq ozod qilingan.

Afv etilganlardan 8 nafari ehtiyotsizlik bilan jinoyat sodir etganlik uçun jazolangan. Afv etilganlardan aksariyati katta yoşdagilar bölib, ulardan 17 nafarining yoşi 60 dan oşgan. Bukalovning aytişiça, afv etilganlar xavfli jinoyatçilar hisoblanmaydi va ularning ozod etilişi Ukraina fuqarolari xavfsizligiga tahdid qilmaydi.

Bukalovning ta'kidlaşiça, 2016 yil davomida departament afv etiş haqida 1791 ta murojaat olgan, ulardan 1435 tasida 1253 nafar sudlanganning ozod qilinişi söralgan.