Apple kompaniyasi Hindistondagi ilk zavodini yaqin beş-olti hafta içida oçadi. Bu haqda kompaniyadagi manbaga asoslangan holda The Wall Street Journal xabar bermoqda. 

Zavod mamlakatning Bangalor şahrida qad kötaradi. Kompaniyaning özidagilar bu yangilikning batafsil ma'lumoti bilan örtoqlaşişni istaşmadi, biroq şuni ta'kidlaşdiki, bu masaladagi muzokaralar hind hukumati bilan oçiq ruhda ötkazilgan.

Tahlilçilarning aytişiça, kompaniyaning Hindistonda paydo böluvçi zavodi taraqqiy etayotgan bozorda uning imkoniyatlarini yanada oşiradi. Bundan taşqari, uşbu mamlakatda işlab çiqarilayotgan qurilmalar ança arzonlaşadi. Ayrim ma'lumotlarga köra, qurilmalarning qiymati 100 dollargaça tuşiş ehtimoli bor.

Apple Hindistonda öz zavodini oçiş rejasi borligi haqida ilk marta joriy yilning fevralida ma'lum qilgan edi.