"Formula-1"ning navbatdagi mavsumi juma kuni Avstraliyadagi birinçi bosqiç bilan boşlanadi. Avtosport işqibozlarini joriy yilda "Mersedes"ga raqobatçi topilişi bilan boğliq savol qiziqtirmoqda.

"Mersedes"ning uç yillik peşqadamligi deyarli barçaning joniga tegdi, desak mubolağa bölmaydi. Britaniyalik Lyuis Hemiltonga raqobatçilar yöq edi, bu holatdagi yagona kuçli sportçi, uning jamoa böyiça şerigi Niko Rosberg esa öz faoliyatini yakunlaşi haqida e'lon qilib bölgan.

Köpçilik ekspertlarning fikriça, joriy yilda vaziyat özgarişi mumkin. Ular "Ferrari" pilotlari Kimi Raykkonen va Sebastyan Fettelni alohida tilga olib ötişgan, şuningdek "Red Bull" ham ğalaba uçun jiddiy kuraş olib borişi mumkin.

Sinov poygalari vaqtida "Ferrari" ham, "Red Bull" ham Renault kuç qurilmasi sababli ança kuçli körindi. 

Bundan taşqari, köp yillar içida ilk bora Berni Ekklstoun “paradga boşçilik qilmaydi”. Xöjayinlar özgarganidan söng amerikalik Çeyz Keri çempionat ijroçi direktori böldi. Ekklstounning özi esa voqealar bunday rivojlanib ketganidan hayratda ekanini yaşirmadi.  

"Men bugun işdan böşatildim. Şunçaki ketmoqdaman. Bu rasman. Mening yangi lavozimim? Bu öziga xos faxriy prezidentlik. Endi ofisdagi kunlarim ança xotirjam keçadi", - deya ma'lum qildi “Formula-1”ga ötgan asrning 70-yillaridan rahbarlik qilib kelgan Ekklstoun.

Tarixdagi birinçi Avstraliya Gran-pri erkin amaliyotlari Melburnda bugun, juma kuni bölib ötadi. Uçinçi erkin amaliyot 25 mart kuni ötkaziladi, undan söng saralaş bahslari belgilangan. Poyga esa 26 mart kuni bölib ötadi.