Yaponiyalik mutaxassislar quyoş batareyasining foydali iş koeffitsiyenti (FIK) 26,3 foiz bölişiga erişdilar. Ular bunga qanday muvaffaq bölganlari haqida Nature energy jurnalidagi maqolada sözlangan.
Kremniy quyoş batareyasining FIKi uçun maksimal nazariy çegara 29 foizni taşkil qiladi. Biroq bu körsatkiçga hali heç kim erişa olmagan. Amaliyotda FIK 20 foizga yaqinni taşkil qiladi, rekord körsatkiç esa 25,6 foizni taşkil qilgan. Yaponiyalik olimlar bu körsatkiçni 26,3 foizga yetkazişga muvaffaq böldilar.
Ular buning uçun taqiqlangan zonalar – ideal kristalldagi elektron ega böla olmaydigan energiya qiymatlari sohasini minimallaştiriş uçun yuqori sifatli yupqa plyonkali geteroötiş dan(ikkita turli yarimötkazgiç kontakti) foydalanişgan. Bundan taşqari, olimlar batareyaning yuqori qismini amorf kremniy va fotonlar tarqalişidan qoçiş uçun aksqaytaruvçi qoplama bilan qoplaşgan.
Mutaxassislar batareyani yanada takomillaştirişni rejalaştirilmoqdalar. Ular 29 foizlik FIKga erişişga imkon bermayotgan bir neça sabablarni aniqlaşdi. Bu sabablar orasida optik yöqotişlar va taşqi rekombinatsiyadagi yöqotişlar bor.












