Hollandiyaning Nuon Solar jamoasi har yilgi quyoş batareyalari bilan jihozlangan avtomobillar örtasidagi Avstraliya poygasida ğolib çiqdi. Bu haqda abc.net.au naşri xabar bermoqda. 2013 va 2015 yilgi musobaqalarda ham ğalaba qozongan jamoa Darvin hamda Adelaida örtasidagi uzunligi 3 ming kilometr bölgan yönalişda 40 ta raqibidan ustun keldi.

Nufuzli poyganing sönggi kunida Nuon Solar avtomobili Adelaide şahridan 500 kilometr şimolda start oldi va soatiga örtaça 110 kilometr tezlikda harakatlanib, eng yaqin raqiblaridan kamida 2 soatga oldinga ötib ketgan.

Finişga ikkinçi bölib Amerikaning Michigan jamoasi yetib keldi. Musobaqaning qolgan iştirokçilari tungi vaqt tufayli poygada töxtab qolişgan hamda uni juma kuni davom ettiradilar.