2016 yilning 25 sentabrida işga tuşirilgan Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi hukumatning aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining murojaatlari bilan yaqindan işlaşga, joylarda mavjud muammolarni hal qiliş va korrupsiyaning oldini olişga möljallangan bepul elektron resurs bölib kelgan va bundan keyin ham bepul bölib qoladi. Bu töğrisida Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi özining Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilgan.
Xalq orasida "Yer şari miş-mişlar bilan töladir" degan gap bor. Jumladan, sönggi vaqtlarda PM.GOV.UZ portalining pullik bölgani, aholi vakillaridan qabul qilinadigan murojaatlar uçun pul olinişi haqidagi miş-mişlar bolalab ketgan edi. Jumladan, bu töğridagi miş-mişlar odamlar örtasida ijtimoiy tarmoq va messenjerlar orqali tarqalmoqda. Xususan, göyoki kimlardir aholi örtasida guvohnomasini körsatgan holda, özini portalning xodimi sifatida taniştirgan va aholidan murojaatlari uçun pul talab qilgan.
Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bu kabi ma'lumotlarni rad qiladi. Vazirlik ma'lum qilişiça, bu kabi gap-sözlar batamom asossizdir.
2017 yilning "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qilinişining öziyoq portalning aholi va hukumat örtasidagi beminnat köprik ekanligini anglatadi. Şuningdek, hukumat rahbariyati mazkur yönalişni rivojlantiriş va aholi bilan muloqotda yangi va qulay usullarni örnatadigan loyihalarni moliyalaştiriş yuzasidan vazifalarni amalga oşirmoqda.
Şuningdek, Milliy operator tomonidan abonentlari uçun qator hukumat va davlat saytlaridan, jumladan Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi — PM.GOV.UZ'dan bepul internet trafigi asosida foydalaniş imkoni yaratildi.
Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi aholini bu kabi miş-mişlarga işonmaslikka çaqiradi, Virtual qabulxonaning murojaatçi uçun bundan keyin ham bepul xizmat körsatişini ma'lum qiladi. Bu töğrida batafsil joylardagi "Xalq qabulxonasi"ga murojaat qiliş maqsadga muvofiq.












