Özbekiston Respublikasi prezidenti Virtual qabulxonasiga yuborilgan murojaatlar soni 2 milliondan oşdi - jami 2 021 785 murojaat. Ulardan 1 964 123tasi körib çiqildi. Bundan pm.gov.uz saytidagi ma'lumotlar darak beryapti.
Mamlakatimiz uçun yangi, noyob davlat rahbari Virtual qabulxonasi 2016 yil sentabr oyida Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan taşkil etilgan. Öşandan beri u xalq bilan davlat örtasida işonçli muloqot örnatişda muhim rol öynadi.
Uşbu taşabbus tufayli fuqarolarning ertangi kunga bölgan işonçi ortdi, köp yillik muammolar hal qilindi. Ğoya prezident körsatmasi bilan har bir tuman va şahar, mintaqada taşkil etilgan xalq qabulxonalari bilan davom ettirildi. Sayyor qabullar muntazam köriniş oldi, ularning davomida xalqning qonuniy talablari qoniqtirilmoqda.
Virtual qabulxonaning özi ham odamlarga yaqinlaşiş maqsadida doimiy tarzda yaxşilanyapti. Fevral oyidan beri uning yangi versiyasi işlamoqda. Yangilangan portal orqali vazirlik va idorlarning rahbarlariga murojaat qiliş, onlayn maslahat oliş va boşqa xizmatlardan foydalaniş mumkin.












