Raso aql degan narsa bor. Rusçada “zdravyy smysl”, inglizçada “common sense” deyiladi. Bu nima degani? Kim nima desa işonib ketavermaslik, kimdir qayergadir yetaklasa ergaşib ketavermaslik uçun qabul qilinayotgan axborotni tekşiriş, manbaning qançalar işonçliligini aniqlaş orqali filtr qiliş degani.

Keling, audiolarda aytilgan iddaolarni raso aql tarozisiga solib köramiz.

Avvalo, audio mualliflari kimligi mutlaqo noma'lum. Ovoz egalarining biri erkak, ikkinçisi ayol jinsiga mansubligidan boşqa ma'lum narsa yöq. Şunday holatda ularning gapiga işoniş qançalar durust? Har holda gap, minglab olimlarning mehnati va farmkompaniyalarning milliardlab dollar mablağ sarflangan dorilar haqida ketyapti.

Ikkinçidan, vaksina “ikki yil içida devorning naryoğiga olib ketadi” degan gapga asos qani? Qaysidir ilmiy jurnal, mötabar manbada şu haqda gap bormi? Undan keyin, nega ikki yil? Nega 1,5 yilmas, nega 3 yilmas? Koronavirus vaksinasi işlab çiqilganiga hali bir yil ham ötgani yöq-ku, uni qabul qilgan odam ikki yildan keyin halok bölişi haqidagi faraz qançalar töğri böladi şunda?

Darvoqe, vaksinalarga işonmaganlar ular haqidagi ma'lumotlarni bir-biridan mustaqil bölgan manbalardan öqib olişlari va özlarida paydo bölgan turli savollarga javob topişlari mumkin.

Endi uçinçi va eng asosiy punktga kelamiz. Şu kungaça COVID-19'ga qarşi 3 milliard 100 million doza vaksina bilan emlaş ötkazildi. Bu haqda, masalan, AQŞning Bloomberg agentligi tomonidan onlayn tarzda yangilanib turgan maxsus sahifa orqali bilib oliş mumkin. Ana şu sahifaga köra, Xitoyda 1 milliard 240 million, AQŞda 328 million, Yevropa Ittifoqida esa 370 milliondan ortiq vaksina dozasi qöllangan.

Öz-özidan savol tuğiladi: dunyoning yetakçi davlatlarining aholisi ham ikki yildan keyin “devorning naryoğiga ötib ketadimi?”

Qolgan mamlakatlar mayli, jahonning öziga töq va kuçli davlatlari ham “dunyoda odam köpayib ketgani uçun” öz fuqarolarini öldirvoryaptimi şunda?

“Vaksina olgan odam ikki yildan keyin ölib ketadi” degan iddaoda “mantiq” sözining “m” harfi ham yöq ekani kundek ravşan.