Bangladeshdagi portlashlarda 6 kishi halok bo‘ldi
Bangladeshda sodir etilgan ikkita portlashda kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 40 ga yaqin kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. Ta'kidlanishicha, qurbonlar yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin, chunki ko‘pchilik jarohatlarganlar og‘ir ahvolda.
Ma'lum qilinishicha, Bangladesh xavfsizlik kuchlari IShIDning mahalliy bo‘limi jangarilari yashiringan binoni qurshab olganlarida jangarilar portlovchi qurilmani harakatga keltirganlar.
Voqea Hindiston bilan chegaradagi Silxet viloyatidagi aeroport yaqinida yuz bergan. Halok bo‘lganlar orasida huquq-tartibot idoralarining ikki nafar xodimi bor.
Bangladeshda bu terakt hafta ichidagi ikkinchisi bo‘ldi: 24 mart kuni Dakka xalqaro aeroporti hududidagi nazorat-o‘tkazish punktida xudkush o‘zini portlatgandi. O‘tgan hafta esa Dakkadan bor-yo‘g‘i 1,5 km uzoqlikda joylashgan Ashkondagi tezkor kuchlar lagerida portlash sodir etilgandi.
Mavzuga oid

21:01 / 01.05.2025
Germaniya shimolidagi portda portlash sodir bo‘ldi

15:26 / 25.04.2025
Balashixada portlash oqibatida bosh shtab generali halok bo‘ldi

13:48 / 23.04.2025
Vladimir oblastidagi harbiy bazada portlash. Asosiy ma’lumotlar

15:42 / 05.04.2025