Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi Uvaysiy nomidagi mahallada bölib, bu yerda fuqarolar yiğini xodimlari, profilaktika inspektori va aholi uçun yaratilgan qulay şaroitlar bilan tanişdi, deb xabar bermoqda ÖzA.

Mahalla hududida asosan köp qavatli uylar joylaşgan. Uşbu turar joylarda yaşaydigan 5 ming 400dan ortiq aholi orasida turli millat vakillari bor. Yangi mahalla markazi odamlarni özaro yaqinlaştirişga, xalqimizga xos döstlik, hamjihatlik, mehr-oqibat fazilatlarini yanada kuçaytirişga xizmat qilmoqda. 

Markazda mahalla raisi, kotib va maslahatçilar, profilaktika inspektori uçun alohida xonalar qurilgan, ular zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, mebellar, tegişli adabiyotlar bilan ta'minlangan. Profilaktika inspektori xonasi mahalla hududidagi jamoat obektlariga örnatilgan videokuzatuv uskunalari orqali hududni nazorat qilib turiş imkoniyatini beruvçi monitor bilan jihozlangan. 

Davlat rahbari profilaktika inspektori mahalladagi har bir xonadon bilan yaqin muloqot örnatişi, köçalar va jamoat joylarini qat'iy nazoratga olişi zarurligini ta'kidladi. 

Profilaktika inspektorlarini xizmat uylari, imtiyozli kreditlar hisobiga maşinalar bilan ta'minlaş, ularning yaşaşi va samarali işlaşi uçun barça şart-şaroitlarni yaratiş böyiça zarur körsatma va topşiriqlar berildi. 

Markazda barpo etilgan turli kitoblar, kompyuterlar va internet, minglab elektron adabiyotlar bazasiga ega kutubxona aholining böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ayniqsa, yoşlar örtasida kitobxonlik madaniyatini keng yoyişda ayni muddao bölmoqda. Körkam çoyxona, novvoyxona, "Gözallik salonlari", dökonlar, sport va bolalar maydonçalari odamlarning zarur ehtiyojlarini qondiriş bilan birga, hududdagi ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlaşga xizmat qilmoqda. 

Mahalla ahli bir oila kabi işonçli, mustahkam riştalar bilan özaro uzviy boğlanişi kerak, dedi Prezidentimiz. Buning uçun mahalla faollari, profilaktika inspektori har bir oila ahvolidan, quvonçu taşvişidan doimo xabardor bölişi, özaro ahillik va hamjihatlik tarğibotçisiga aylanişi lozim. Şundagina odamlar mahallaga kelib öz fikrini, taklifini, dardini bemalol aytadi, muammosiga yeçim topadi. 

Poytaxtimiz, qolaversa, mamlakatimizning barça hududlarida mana şunday mahalla markazlari bunyod etiş, aholi bilan doimiy muloqot örnatiş, profilaktika inspektorlariga jinoyatçilik va huquqbuzarliklar sodir etilişining oldini oliş, fuqarolar osoyiştaligi va xavfsizligini ta'minlaş, voyaga yetmaganlar bilan samarali işlaşi uçun zarur şaroit va imkoniyatlar yaratiş böyiça körsatmalar berildi.