Do‘stmatov bilan. Astana Arlans jamoasiga qarshi ro‘yxat ma'lum

Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 5-turida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentda Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi bokschilariga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazadi.
Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida 1 aprel kuni o‘tkaziladigan uchrashuvda Uzbek Tigers va Astana Arlans jamoalari qanday tarkibda ishtirok etishi ma'lum qilindi. O‘zbekistonlik bokschilar tarkibi quyidagicha:
-49 kilogramm: Hasanboy Do‘stmatov (Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari chempioni);
-56 kilogramm: Abdulhay Shorahmatov (O‘zbekiston chempioni);
-64 kilogamm: Elnur Abduraimov (Jahon chempionati sovrindori);
-75 kilogramm: Isroil Madrimov (Osiyo o‘yinlari kumush medal sovrindori);
+91 kilogramm: Zuhriddin Mahkamov (O‘zbekiston chempioni).
Astana Arlans ham ushbu uchrashuvga eng kuchli bokschilarini jalb etgan:
-49 kilogramm: Temirtas Jusupov (Osiyo chempioni)
-56 kilogramm: Ilyos Suleymenov (Osiyo o‘yinlari g‘olibi)
-64 kilogramm: (Dilmurod Mijitov) Qozog‘iston chempionati sovrindori
-75 kilogramm: Saparbay Aydarov (Qozog‘iston chempioni)
+91 kilogramm: Anton Pinchuk (Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi)
Uzbek Tigers WSB doirasida shu vaqtgacha 4 marta jang o‘tkazdi. O‘zbekiston vakillari avvaliga Xitoyda China Dragons jamoasidan 2:3 hisobida yengilgandi, keyingi turda Qozog‘istonda Astana Arlans jamoasiga 1:4 hisobida imkoniyat boy berildi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-tur bahsida Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qildi. 4-turda esa O‘zbekiston jamoasi China Dragons jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi va safardagi mag‘lubiyat uchun qasos oldi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tehronda O‘zbekiston-Eron biznes forumi o‘tkazildi
O‘zbekiston | 21:05
-
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda
O‘zbekiston | 20:56
-
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
Jahon | 20:43
-
Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
O‘zbekiston | 19:47
Mavzuga oid

20:27 / 20.05.2017
Astana Arlans Patriot Boxing Team jamoasini mag‘lub etib yarim finalga chiqdi

23:28 / 01.04.2017
Uzbek Tigers Astana Arlans jamoasidan qasos oldi (Video)

21:15 / 01.04.2017
Uzbek Tigers vs Astana Arlans: O‘zbekiston g‘alaba muborak!

20:51 / 01.04.2017