Ed Şiran 2026-yil yanvaridan buyon özining sakkizinçi «Play» albomi uçun jahon böylab Loop nomli konsert gastroli ötkazmoqda. Şu paytgaça xonanda Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa va AQŞning bir qança maydonlarida çiqiş qildi.

Tur davomida Şiranga konsert vaqtida tomoşabinlarni jonlantirişi uçun bir neça artistlar ham hamrohlik qilmoqda. Ulardan biri – reper Macklemore (haqiqiy ismi – Ben Haggerti) – 4-sentabr kuni Nyu Jersida uyuştirilgan konsertda qöşiqlar orasida Falastinni qöllagan holda qisqa nutq irod qildi. U sahnada turib, Ğazo hamda işğol etilgan Ğarbiy sohil aholisiga ular «unutilmagani»ni eslatmoqçiligini aytdi:

Bu turga borişni xohlaganimning asosiy sabablaridan biri – şunday stadionlarga çiqiş va yuragimga juda yaqin va qadrli bölgan ikki sözni aytiş imkoniyatidir: «Falastinga ozodlik!»

Keyingi kuni musiqaçi yahudiy tinglovçilarga murojaat qildi: «Isroil, aparteid va genotsidni tanqid qiliş sizga qarşi tanqid emas».

Şundan söng, Şiranning AQŞdagi turi taşkilotçisi bölgan Messina Touring Group kompaniyasi konsert maydonlari egalaridan Macklemore iştirokidagi konsertga ruxsat bermaslik töğrisida bildirişnomalar ola boşladi. Şiran konsert berişi rejalaştirilgan Filadelfiya, Boston, Atlanta, Şarlotta, Indianapolis, Dallas va Tampadagi stadionlar vakillari ham bunga qarşi çiqdi.

Natijada Macklemore gastroldan çetlaştirildi, qolgan ijroçilar esa birdamlik belgisi sifatida öz iştiroklarini töxtatişdi. Dastlab irlandiyalik qöşiqçi Aaron Rou hamda irlandlarning Beoga nomli guruhi (asosiy konsertda Şiran bilan birga bir neça qöşiq ijro etadigan guruh) şunday qarorga kelganini maʼlum qildi. «Irlandlar sifatida biz genotsid, majburiy oçarçilik va şafqatsiz okkupatsiya haqida juda yaxşi bilamiz», – deb yozdi Rou. Şuningdek, daniyaliklarning Lukas Graham guruhi va amerikalik musiqaçi, qöşiqçi Billi Aylişning akasi bölgan Finneas ham gastrolda qatnaşişdan boş tortdi.

photo_2026-09-18_11-51-07
Ed Şiran
Scott Eisen / Getty Images

Macklemore’ni kimlar tanqid qildi va nima uçun?

Keyinroq Şiran Macklemore’ni çetlatiş töğrisidagi qaror turning Amerikadagi qismi promouteri Messina Touring Group tomonidan qabul qilinganini aytdi. Şu bilan birga, xonanda «Macklemore’ning öz eʼtiqodlarini himoya qiliş va bu haqida baland ovozda gapiriş qarori»ni hurmat qilişi, ammo «öz professional platformasidan siyosiy bayonotlar uçun foydalanmaslik»ni afzal körişini taʼkidladi.