Rossiyada muxolifatçi Aleksey Navalniy tomonidan asos solingan "Korrupsiyaga qarşi kuraşiş fondi" ofisida ötkazilgan tintuvdan söng barça texnikalar olib çiqib ketilgan, xonaning özi esa muhrlab qöyilgan. Navalniyning özi esa aksilkorrupsiya namoyişida uşlangan mingga yaqin namoyişçilar qatori köçada uşlanib, politsiya bölinmasida tunni ötkazgan.

KQKF ofisidan texnikalar olib çiqib ketilganligi va xona muhrlab qöyilganligi hakida fond xodimlari xabar tarqatişgan. "Ofisdan texnikalar, jumladan mening noubukim olib çiqib ketildi... Ofisni esa muhrlaşdi",  deb yozgan fond yuristi Lyubov Sobol.

"Binoni evakuatsiya qiliş, xodimlarni uşlaş  bularning barçasi bizning kompyuterlarimiz va yangi suriştiruvlarimiz borasidagi ma'lumotlarni qölga kiritiş uçun qilinmoqda",  deya izohlagan fond matbuot kotibasi Kira Yarmiş.

KQKFda ötkazilgan tintuv yakşanba kuni Moskva şahri markazida ötkazilgan  kelişilmagan yirik norozilik aksiyalar bilan bir vaqtda boşlandi. Bu ofisdan turib butun mamlakat böylab ötayotgan norozilik aksiyalaridan jonli reportajlar namoyiş qilinayotgan edi. KQKF ning Moskva ofisidagi barça xodimlar uşlangan.

Fond direktori Roman Rubanovning aytişiça, suriştiruv harakatlari Rossif Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282-moddasi (Insonni obrösizlantirib, nafrat va duşmanlik uyğotiş) böyiça olib borilmoqda.

Aleksey Navalniyning özi Tver köçasida qölga olingan va ayni paytda ham politsiya bölinmasida turibdi. KQKF xodimlari boşqa hamkasblari ham, jumladan, norozilik aksiyalariga çiqmaganlari ham uşlab ketilganini xabar qilişmoqda.

"OVD-Info" saytining ma'lumotiga köra, Moskvada yakşanba kuni ötkazilgan aksiyalardan söng uşlangan soni mingdan oşgan. Uşbu hibslar Rossiyaning postsovet tarixidagi eng yirigi, deya baholanmoqda.

Uşlanganlarning aksariyatiga mitinglar ötkaziş qoidalarini buzganlik yoki huquqni muhoaza qiliş organlari xodimlarining qonuniy talablariga böysinmaslik moddalari böyiça ma'muriy bayonnomalar tuzilgan. Bayonnomalar tuzilgaç, uşlanganlarni qöyib yuborişgan, ularning bir qismi içki işlar bölinmasida tunaş uçun olib qolingan.

Taqqoslaş uçun: 2012 yilgi Bolotnaya maydonidagi noroziliklardan söng 400 dan köproq namoyişçilar uşlangani e'lon qilingan edi. 

Aleksey navalniy çaqiriğiga binoan ötkazilgan aksilkorrupsiya norozilik namoyişlari 26 mart kuni butun Rossiya böylab ötkazildi. Navalniy fondining mamlakat boş vaziri Dmitriy Medevedev bilan boğliq köçmas mulk va boşqa boyliklar haqidagi suriştiruv harakatlari norozilik namoyişlari uçun asos böldi.