Norvegiyada yaqin kelajakda yangi körkam maskan - dunyodagi birinçi kema ötuvçi tunnel qurilişi mumkin. Bu haqida New Atlas naşri xabar berdi.
Stad yarim orolidan töğridan-töğri bunday trassani quriş ğoyasi şimoliy mamlakatda 70-yillardayoq muhokama qilingan, 1985 yilda esa birinçi loyiha işlab çiqilgan.
Yangi yöl yuk va yölovçi kemalarga Şimoliy va Norvegiya dengizlari örtasidagi yölni qisqartiriş imkonini beradi. Şunda Norvegiya dengizidagi keskin kuçli şamollari va dovullari bilan maşhur Stadxavet hududini çetlab ötiladi. Bu yerda tez-tez böron turişi tufayli kemalar ikki soatdan bir neça kungaça kutişlariga töğri keladi.
Hisob-kitoblarga köra, yangi loyiha qurilişiga 2,3 milliard Norvegiya kronasi (272 million dollardan ziyod) talab qilinadi, şu bois u hali-hanuz qoğozda va miyada qolib ketgan. Endi esa Norvegiya parlamenti Stad Ship Tunnel loyihasini tasdiqladi. 1,7 kilometrli kema ötuvçi tunnelning balandligi - 45 metr, kengligi 36 metr böladi. Loyihaga köra, Stad Ship Tunnel 2029 yilda qurib bitkaziladi va u bir keça-kunduzda 70-120 kemaning ötişini ta'minlaydi. Boz ustiga, loyiha Norvegiyaning Bergen va Olesunn şaharlari orasida joylaşgan uşbu hududiga turizmni jalb qiladi.


















