Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Nikolayevdagi kemasozlik zavodi suv hududida turgan "Ukraina" raketa kreyserini qurollanişdan çiqariş haqidagi farmonni imzoladi.

Nikolayev viloyati ma'muriyati raisi örinbosari Vyaçeslav Bonyaning aytişiça, kreyserdan qurol-aslaha olinişi va undan keyin "qolganini" sotiş rejalaştirilmoqda. "Unda korpus va turbinalar mavjud, ularga ehtiyoj bor", deb aytgan Bonya işçilarga.

"U yerda sizning maoşingizni tölaş uçun yetarliça pul bor", deb qöşimça qilgan Bonya.

Kreyser qurilişi 1984 yilda boşlangan. 1993 yilda kreyser Rossiya harbiy-dengiz floti tarkibidan çiqarilib, Ukraina harbiy-dengiz kuçlariga topşirilgan. 1996 yilda kema qurilişi mablağ yöqligi sababli muzlatib qöyilgan.