2017 yilda aviaparvoz uçun eng arzon kun 6 iyun böladi. Bu haqda CheapAir.com sayti tadqiqotida aytiladi. 

Servis boş direktori Jyeff Klining sözlariga köra, iyun boşi butun yoz mavsumidagi parvozlarning eng arzon vaqtiga aylanadi.

Çiptalar yakşanba, 9 iyul kuni safarga çiqilsa, eng qimmat narxga sotib olinadi. Şu bilan birga, agarda iyulda samolyotga ötiriş albatta talab etilsa, bu holatda 3,4 yoki 5 iyul sanalaridan birini tanlaş kerak – bu kunlarda parvozlar ança arzonroqqa tuşadi. Avgustdagi eng arzon kuni 22, sentabrda esa ön ikkinçi böladi.

CheapAir.com’da ta'kidlanişiça, kuzgi mavsumning birinçi oyidayoq aviaparvozlar örtaça qiymati yetti foizga tuşadi.

Tadqiqotga köra, safarlar uçun eng qimmat oy – dekabr. May va noyabrda esa parvozga çiqiş arzonroqqa tuşadi.

Xabarlarga köra, Yevropa hamda Osiyoga bölgan aviareyslarga çiptalarni samolyotga çiqişdan beş-yetti oy avval xarid qiliş ança foydali. Bunda parvoz narxi uning asl qiymatidan 76 foizga arzonroq böladi.