Yadro qurolini global taqiqlaş böyiça muzokaralar bunday qurolga ega davlatlarning iştirokisiz mumkin emas, deb ma'lum qildi Yaponiya TIV rahbari Fumio Kisida.
"Ular (muzokaralar) nafaqat yadro qurolisiz dunyoni yaratişga yordam bermaydi, balki yadro davlatlari hamda yadro quroliga ega bölmaganlar örtasida mojarolar yanada çuqurroq avj olişiga turtki berişi mumkin", - deya Kisidaning sözlarini keltiradi Kiodo agentligi.
Vazirning ta'kidlaşiça, Yaponiya atom bombardimoniga uçragan yagona qurbon-davlat sifatida yadro qurolidan voz keçiş böyiça harakatlarni davom ettiradi.
BMTda yadro qurolini butunlay taqiqlaş haqidagi konvensiyani işlab çiqişga oid anjuman 27 mart kuni oçildi. AQŞ doimiy vakili Nikki Xeylining ma'lum qilişiça, deyarli 40ta davlat, ular orasida Rossiya va Xitoy ham bor, muzokaralarda iştirok etmaydi.
Ma'lumot uçun, ayni damda yadro quroliga sakkizta mamlakat ega - Rossiya, AQŞ, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya, şuningdek Hindiston, Pokiston hamda Şimoliy Koreya.












