Özbekistonlik sobiq futbolçi va sobiq murabbiy Azamat Abduraimov özining Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Özbekiston milliy terma jamoasining Suriyaga qarşi öyinidan keyingi fikrlarini bildirib ötdi. Quyida uning posti özbek tiliga tarjima qilingan holda keltiriladi.

"Bu blogpostda men terma jamoamizning suriyaliklar bilan öyini menda qanday taassurot qoldirgani haqidagi fikrlarim bilan örtoqlaşmoqçiman. 

Bu — terma jamoamizning joriy yildagi ilk öyini edi, bu öyin bilan saralaş guruhimizda ikkinçi davra boşlandi va albatta, öyindagi ğalaba Özbekiston terma jamoasining keyingi odimlari uçun juda muhim edi. Taassufki, matbuotimizda ham futbol hamjamiyatimizda ham terma jamoamizning ötgan yili ötkazgan öyinlari borasida yetarli darajada keng miqyosli tahlillar bölmadi. Çunonçi, xolis va savodli tahlillarsiz bizning zaif nuqtalarimiz va e'tiborsiz qoldirilayotgan jihatlarimizni aniqlab bölmaydi. Albatta, bundan maqsad — barça aybni futbolçilarga tönkab, murabbiylar ştabini qatağon qiliş uçun bölmasligi kerak. Bu masalaga futbol federatsiyasi mutasaddilari mas'ul, ularning özlari hal qiladi. Men diqqatingizni jalb qilayotgan tahlillar hamma uçun muhim, uning zarurligi şundaki, kelajakda yöl qöyilişi mumkin bölgan xatolarning oldi olinadi.

Eslatib ötaman, Malayziyada bölib ötadigan öyin oldidan töğridan-töğri raqobatçilarimiz — Eron va Janubiy Koreya bilan öta muhim uçraşuvlarda maydonga tuşib yutqazdik. Mundialga töğridan-töğri yöl olişni istar ekanmiz, ikkinçi davrada şu ikki terma jamoadan kamida birini mağlubiyatga uçratiş, qolgan terma jamoalar bilan öyinlarda oçko yöqotmaslik talab etilardi. Biz öyingaça guruhda 3-örinda edik. Suriyadan mağlubiyatga uçraganimiz, Koreya ham yutqazganidan söng nima böldi? Biz hamon 3-örindamiz, hamon koreyslar bilan örtamizdagi farq 1 oçko, lekin falokat şundaki, bizga Suriya yaqinlaşib oldi va ularda ham bizni 4-öringa tuşirib yuborib, özlari 3-öringa kötarilib oliş uçun imkoniyat paydo böldi.

Suriyaga qarşi öyin tahlilini men mart oyida bölajak öyinlarga qanday tayyorgarlik ötkazganidan boşlasam. Qanday tayyorlanişdi va nega bunaqa öynaşdi? Biz uşbu öyingaça ikki marta qisqa muddatli yiğinlar ötkazdik, Rossiya va Armaniston klublariga qarşi maydonga tuşdik. Hozir natijalarni tilga olmoqçi emasman, garçi mağlubiyat har doim ham yoqimsiz bölsa-da. Şunçaki, futbolning aniq bir qonuniyati borki, bunday muhim öyinlardan oldin terma jamoa terma jamoalarga qarşi maydonga tuşişi kerak! Bu butunlay boşqa daraja... Tuşganda ham, öyin uslubi va kuçli bölajak raqiblarga öxşaş bölgan terma jamoaga qarşi. Biz esa, Malayziyada körsatilgan öyin sifatiga qarab baholasak, vaqtni behudaga sarflagan bölib çiqayapmiz. Bu yerda yana terma jamoalar markaziga navbatdagi savollar tuğilmoqda: nega ular bizni zarur raqiblarga qarşi öyinlar bilan ta'minlaşmagan?! Qanday tayyorlangan bölsak, şunday öynab qaytdik. Futbolni aldab bölmaydi, axir!