Ötgan yili Özbekiston Respublikasining “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi Qonuni (ÖRQ-406-son) qabul qilinib, yoşlarga oid davlat siyosati, yoşlar (yoş fuqarolar), yoş oila, yoş mutaxassis va yoşlar tadbirkorligi kabi tuşunçalarga huquqiy tuşuntirişlar berilgandi.

Qonunning 3-moddasiga köra, yoş oila – er-xotinning ikkisi ham öttiz yoşdan oşmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan öttiz yoşdan oşmagan yolğiz otadan yoki yolğiz onadan iborat bölgan oila, şu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) – deb, belgilandi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentabrdagi 250-sonli “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnaşayotgan yoş oilalarni uy-joy bilan ta'minlaşni yanada qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan “Kamolot”ning köp kvartirali uylari yoş oilalarga imtiyozli ipoteka kreditlari asosida ajratiladi.

Özbekiston “Kamolot” YoIH Markaziy Kengaşi tomonidan Özbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi Qonunining 43-moddasidan kelib çiqib, bugungi kunda Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, şuningdek “Kamolot”ning köp kvartirali uylarining www.kamolotuyi.uz rasmiy veb-saytining virtual qabulxonasiga hamda boşqa taşkilotlardan kelayotgan köplab jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini hisobga olib, “...farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan öttiz yoşdan oşmagan yolğiz otadan yoki yolğiz onadan iborat bölgan oila...” – tuşunçasiga (ota yoki onaga nikoh tuzilganligi yoki tuzilmaganligining şartligi) rasmiy şarh berilişini sörab, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilindi.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan joriy yilning 24 fevralidagi 02-09/139-sonli berilgan javob xatida, mazkur qonunçilikka kiritilgan yangi qoida yolğiz ota yoki yolğiz ona tuşunçasiga ularning ilgari nikohdan ötganligi yoki ötmaganligi yoxud nikohdan ajraşmaganligi şart emasligi keltirib ötilgan.

Bundan kelib çiqadiki, qonunçilikka muvofiq, qonuniy nikohdan ötmagan farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan öttiz yoşdan oşmagan yolğiz ota yoki yolğiz ona ham “yoş oila” hisoblanadi hamda yuqorida keltirilgan 250-sonli Qarorga muvofiq “Kamolot uyi”ni olişga da'vogarlik qilişi mumkin.