«Real» jamoasining portugaliyalik hujumçisi Kriştianu Ronaldu 2016-2017 yillarda eng köp daromad olgan futbolçi böldi. France Football ma'lumotiga köra u «Barselona» jamoasi vakili Lionel Messini (76,5 million dollar) ortda qoldirib, 87,5 million yevro (95,3 million dollar) işlagan holda birinçi örinda.
Eng köp haq tölangan futbolçilar röyxatida 3-örinni 55,5 million yevro bilan Messining jamoadoşi Neymar egalladi. Undan keyingi poğonalarda uelslik Garet Beyl (41 million yevro) va Xitoy superligasining «Xebey Forçun» jamoasi uçun töp suruvçi argentinalik Lavessi (28,5 million yevro) nomlari qayd etilgan.
Manbaga köra, «Mançester Yunayted» murabbiyi Joze Mourinyu - 28 million yevro daromadi bilan eng köp haq tölanuvçi murabbiy sifatida e'tirof etilgan.
France Football mazkur röyxatni tuzişda 2016-2017 yilgi maoş, bonus va daromadlarga asoslanganini ma'lum qildi.











