Ötgan mavsum Italiya çempionatining eng yaxşi murabbiyi deb topilgan "Napoli" boş murabbiyi Mauritsio Sarri uşbu voqeani hazil bilan nişonladi. 25ta ovoz töplagan Sarri va nihoyat "Yuventus" boş murabbiyi Massimiliano Allegrini (22ta ovoz) ortda qoldirganidan xursand ekanini yaşirmadi. 

"Nihoyat Maksni ortda qoldirdim. Men buni kutmagandim, çunki odatda uşbu sovrin çempionatni yutgan murabbiyga topşiriladi", – dedi Sarri. 

Ötgan mavsum Italiya A seriyasida "Yuventus" birinçi örinni, "Napoli" esa ikkinçi örinni qölga kiritgan.