Sport | 10:35 / 29.05.2019
13857
2 daqiqa o‘qiladi

Video: «Chelsi» futbolchilaridan norozi bo‘lgan Sarri kepkasini uloqtirgancha jahl bilan mashg‘ulotni tark etdi

«Chelsi» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Yevropa ligasi finaliga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoa futbolchilaridan norozi holda mashg‘ulotni tark etdi.

«Arsenal»ga qarshi bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yindan oldingi rasmiy mashg‘ulotlarda «ko‘klar» himoyachisi David Luiz va hujumchi Gonsalo Iguain bahslashib qoldi, ularning ahil emasligi esa bosh murabbiyga yoqmadi.

O‘yinchilarning o‘zini tutishidan norozi bo‘lgan Sarri mashg‘ulot tugamay turib jahl bilan maydonni tark etdi. Ketish asnosida 60 yoshli mutaxassis boshidagi kepkasini yechib, uloqtirdi; yerda yotgan bosh kiyimini tepib ham o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa ligasi finali bugun Bokudagi «Olimpiya» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan payshanbaga o‘tar kechasi soat 00:00da boshlanadi.

Qayd etish joiz, so‘nggi vaqtlarda Mauritsio Sarri «Yuventus»ga ishga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Kecha u Turin klubi bilan bitim shartlarini kelishib olgani, yangi jamoasida birinchi bo‘lib «Real»dan yarimhimoyachi Iskoni transfer qilmoqchi ekani ma'lum qilingan edi.

Mavzuga oid