Italiyalik murabbiy Mauritsio Sarri «Çelsi»dan iste'foga çiqib, «Yuventus» boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda ikkala klub rasman ma'lum qildi.

60 yoşli mutaxassisning Turin klubi bilan şartnomasi 2022 yil 30 iyunigaça möljallangan.

«Yevropa Ligasi finalidan keyin ötkazgan muzokaralarimizda Sarri öz vataniga qaytişni qançalik qattiq xohlayotganini aniq bildirdi. U, şuningdek, oilasi davrasida, keksa ota-onasiga yaqin masofada yaşaşi ham muhimligini ta'kidladi», – deya ma'lum qildi «Çelsi» direktori Marina Granovskaya.

Granovskaya Sarri va uning ştabiga bir yillik mehnat va erişilgan yutuqlar uçun taşakkur bildiriş barobarida unga A Seriyadagi faoliyatida omad tilagan.

Sorri, Sarri!

Mauritsio Sarri «Çelsi»ni bir yil oldin – «Napoli»dagi uç yillik faoliyatidan keyin qabul qilib olgandi. Uning qöl ostida «köklar» Yevropa ligasida ğolib böldi; APLda 3-örinni egallab, Liga kubogi finaliga çiqdi. Angliya kubogida esa jamoa nimçorak finaldan kuraşni yakunladi.

Umuman, «aristokratlar» Mauritsioning qöl ostida jami 63ta öyinda maydonga tuşib, 39ta ğalaba, 13ta durang va 11ta mağlubiyat qayd etişdi. Ğalaba koeffitsiyenti – 61,9 foizga teng.

Tajribali mutaxassis «Yuventus»da oxirgi 5 mavsumda boş murabbiy bölib kelgan Massimiliano Allegrining örnini egallaydi. U bunga qadar «Napoli»dan taşqari «Empoli», «Sorrento», «Alessandria», «Grosseto», «Peruji» kabi bir qator italyan klublarini boşqargan. Ötgan mavsumdagi Yevropa ligasi çempionligi uning faoliyatidagi ilk sovrin bölgan edi.

Sarrining «Yuventus»ga kelişiga Ronaldu qanday munosabatda ekani ma'lum böldi