Yaxşi niyat bilan iş boşlagan tadbirkorlar faoliyatsizligining asosiy sabablari nimada? Ular faoliyatini talablar darajasida taşkil etiş uçun nimalar qiliş kerak?
Qarşi şahrida ÖzLiDeP Qaşqadaryo viloyat kengaşi tomonidan ötkazilgan “Qulay işbilarmonlik muhiti - tadbirkorlik taşabbuslarini amalga oşirişning muhim omili” mavzuida ötkazilgan davra suhbatida bozor infratuzilmasi hisoblangan – tijorat banklari, konsalting, marketing, injiniring, lizing va suğurta taşkilotlari, mutasaddi mahalliy davlat hokimiyati organlari iştirokida vohadagi kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining öz faoliyatini tugatiş va töxtatganlik sabablari atrofliça muhokama qilindi. 

-Tadbirkorlik sub'yektlari uçun qator qulayliklar yaratildi, - deydi viloyat Statistika boşqarmasi bölim boşliği Kamoliddin Ovlaqulov. – Ilgari kiçik korxona va firmalar yiliga tört marotaba statistik hisobot topşirgan bölsalar, endilikda bir marta topşirişayapti. Statistika tizimida 65 turdagi davlat statistika hisobotlari şakli qisqartirilib, 23 ta hisobotning taqdim etiş davriyligi uzaytirildi. 2017 yil 1 yanvar holatida viloyatimizda röyxatdan ötgan kiçik tadbirkorlik sub'yektlari soni 14 ming 327 ta bölib, şundan 853 tasi faoliyat körsatmayapti. Mazkur tadbirkorlik sub'yektlariga amaliy yordam beriş maqsadida ötgan ikki oy mobaynida örganilib, 36 tasining faoliyati qayta tiklandi. 31 tasi esa “istiqbolsiz” deb topilib, faoliyati tugatişga berildi. Ular faoliyatsizligiga moliyaviy mablağlarning yetarli emasligi, tayyorlayotgan mahsulotiga bölgan talabning kamligi, soliq va majburiy tölovlardan qarzdorligining mavjudligi, xom aşyo yöqligi, işlab çiqariş uskunaliring eskirganligi, bino va yer maydoni mavjud emasligi va boşqa muammolar sabab bölmoqda.
Biroq mavjud imtiyoz va şaroitlardan foydalanişda yeçimini kutayotgan muammolar ham yöq emas.

-Men rahbarlik qilayotgan korxona bilan “Qarşipaxtasanoattrans” MÇJ örtasida 2016 yili korxonamda mavjud bölgan “ISUZI” mikroavtobusi va “Zil -130” rusumli yuk taşiş hamda “Kobalt” rusumli yenggil avtomaşinalar bilan texnik xizmati körsatiş töğrisida şartnoma imzolangan, - deydi Muborak tumanidagi “Durjon tiş davolaş” xususiy korxonasi rahbari Oybek Boymirzayev. - Şartnoma şartlariga köra korxonamiz tomonidan “Koson paxta tozalaş zavodi” AJning işçi-xizmatçilarini taşiş, inventar mahsulotlarni yetkazib beriş, zavod mas'ullarini yengil avtomaşina bilan korxona va taşkilotlarga olib borib-keliş xizmatlari bajarilgan. Şartnoma asosida körsatilgan texnika xizmati işlari qiymati jami 119 mln. 361 ming 328 sömni taşkil qilgan.
Biz şartnoma şartlarini töliq bajargan bölsak-da, “Qarşipaxtasanoattrans” MÇJ şartnomaga asosan tölanadigan mablağni bir yildan buyon tölamayapti. Bu haqida jamiyat rahbari va barça mas'ullariga bir neça bor murojaat qildik, natija bölmadi. Oqibatda korxonamiz faoliyatini kengaytiriş maqsadida bankdan olingan 115 mln. sömlik kreditimizni tölaşga qiynalab qoldik. Hozirgi kunda bankdan qarzdorligimiz 200 mln. sömdan oşib ketdi. Agar qarzimizni undira olmasak, korxonamiz faoliyati töxtatilib, barça işçi-xizmatçilarimiz işsiz qolişi mumkin.