26 mart kuni soat 17:05 atrofida Toşkent viloyati Böstonliq tumani Uçterak qişloği hududidan ötuvçi 4R6 «Toşkent-Çirçiq-Çimyon» avtomobil yölining 69-kilometrida «Ğazalkent-Çimyon» yönalişida 2 metr kenglikdagi, uzunligi 15−20 metr bölgan yölning qatnov qismida köçki yuzaga kelgan. Bu haqda Özbekiston IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilişiça, 27 mart kuni soat 09:00 atrofida uşbu köçki sodir bölgan joyning maydoni 4−4,5 metr kenglikka va 35−40 metr uzunlikka kattalaşgan.
Sodir bölgan köçki natijasida mahalliy aholiga va turar-joy binolariga zarar yetmagan.
Tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilgunga qadar «Toşkent-Çirçiq-Çimyon» avtomobil yölining 58 km dan 71 km gaça qismida avtomobillarning harakatlanişi töxtatilgan.











