Oxirgi hafta içida Turkiyada aksilterrorçilik operatsiyalari davomida 57 terrorçi bartaraf etildi, ulardan 46 nafari yöq qilindi, deb xabar bermoqda Turkiya içki işlar vazirligi.
20 mart kunidan 27 mart kunigaça Turkiyada 311 ta aksilterrorçilik operatsiyasi ötkazildi. Ular natijasida terrorçilarga kömak körsatiş gumoni bilan 551 kişi, IŞID bilan aloqadorlik uçun 42 kişi qölga olindi.
Fathulla Gulenning terrorçilik oqimi (FETÖ) va PDY’ga (Parallel davlat tuzilmalari) qarşi kuraş doirasida 1210 kişi qölga olingan. Söl oqimdagi terrorçilik taşkilotlariga aloqadorlik bilan 11 kişi hibsga olingan.
Tunjyeli, Batman, Diyorbakir, Bitlis, Mardin, Şirnak va Bingyol viloyatlarida terrorçilarning 57 ta yaşirin joyi yöq qilingan. Şuningdek, 29 ta qölbola portlovçi qurilma va mina yöq qilingan, 7 kg plastit portlovçi moddasi, 4 tonna boşqa turdagi portlovçi moddalar, 24 ta qöl granatasi va 52 dona öqotar qurol musodara qilingan.












