Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ozarboyjon temir yo‘l sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi delegatsiya 27 mart kuni “Ozarboyjon temir yo‘llari” YoAJ bilan muzokaralar o‘tkazdi.
“Ozarboyjon temir yo‘llari” raisi Javid Gurbanov O‘zbekiston delegatsiyasini Ozarboyjon temir yo‘llari sohasidagi islohotlar va mamlakatning tranzit salohiyatini oshirish bilan bog‘liq ishlar haqida yaqindan tanishtirdi.
U shuningdek xalqaro va mintaqaviy loyihalar haqida gapirib berdi, jumladan Boku-Tbilisi-Kars temir yo‘li qurilishi bo‘yicha loyiha haqida ma'lumot berildi.
Tomonlar “Ozarboyjon temir yo‘llari” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Sodiq Safoyev ikki davlat temir yo‘l idoralari o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish muhimligini ta'kidlab o‘tdi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish haqida bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
23:44 / 13.06.2026