Avstraliyada 3D-printer yordamida noyob, 1914 yilda işlab çiqarilgan Delage Type-S poyga avtomobilini qayta tiklaşning uddasidan çiqişdi. U şu kungaça saqlanib qolingan yagona nusxadan köçirilgan. Bu haqda ABC.net.au yozmoqda.
Fransiyaning Delage kompaniyasiga 1905 yilda asos solingan hamda Birinçi jahon uruşiga qadar avtomobillar işlab çiqargan. Şundan söng, öq-dorilar yetkazib beriş bilan şuğullangan. 1914 yilda Type-S poyga maşinasidan atigi 3 nusxa işlab çiqilgan, ular keyinroq AQŞga sotilgan. 1920 yilda maşinalardan biri Avstraliyaga keltirilgan, endilikda unga Melburn fuqarosi Styuart Merdok egalik qiladi.


2014 yilda Delage silindrlar bloki yorilgan, noyob maşinani ta'mirlaş xususida söz öylaş mumkin emas edi. Öşanda yangi motor işlab çiqarişga qaror qilindi. Buning uçun dvigatel «skan» qilindi, raqamlaştirildi hamda uç hadli modeli yasaldi. Undan qumli qolip yasaldi. Unga yangi silindrlar bloki quyildi.


Natija köngildagidek böldi, deyiş mumkin. Dvigatel muammosiz yurdi. Styuart Merdok esa avtomobilda sayr qilişda davom etmoqda.












