Ravon brendi Rossiya bozorida "Ravon’dan smartfon" ("Smartfon ot Ravon") deb nomlangan dasturni yölga qöymoqçi.
Bu haqda kompaniya vakillari Moskvada ötgan Ravon dilerlari anjumanida ma'lum qilişdi. Yaqin kunlarda uşbu marka avtomobillarini sotib olgan barça xaridorlar Google kompaniyasi bilan birga yaratilgan va texnik körikdan ötiş uçun masofadan yoziliş hamda elektron servis kitobçasi funksiyalariga ega bölgan Ravon Online dasturi bilan jihozlangan smartfonni sovğaga oladilar.
2017 yil 23 martdan kompaniya yöllarda yordam beriş dasturi Ravon Assistance’ni yölga qöygandi. Bu dastur doirasida quyidagi xizmatlar körsatiladi: maşina buzilib qolganda uni evakuatsiya qiliş; texnik yordam (dvigatelni öt oldiriş); yoqilği qolmaganda uni yetkazib beriş; ğildirakni almaştiriş; maşina buzilganda texnik maslahat beriş; huquqiy maslahat beriş; maşina buzilib qolganda taksi çaqirtiriş.
Ravon Assistance dasturiga 2017 yil 1 yanvardan keyin avtomobil sotib olganlar ham qöşiladi. Bundaylar texnik körikdan ötiş uçun servisga kelganlarida uşbu dasturga ulanadilar.
2016 yilda Rossiyada Ravon avtomobillaridan 1 811 ta sotilgan. Ayni vaqtda Rossiyada 50 dan köproq dilerlik markazlari mavjud bölib, Ravon 2017 yilda ular sonini 120 taga yetkazmoqçi va 50 mingtaga yaqin maşina sotmoqçi. Ravon modellar qatoriga Ravon R2 (Spark) xetçbegi va Ravon Nexia R3 (Aveo), R4 (Cobalt) va Gentra sedanlari kiradi.












