Jamiyat | 14:10 / 30.03.2017
33440
2 daqiqa o‘qiladi

Mushuklar insonlarga aslida qanday munosabatda?

Oregon davlat universiteti olimlari mushuklarning ko‘pchiligi insonlar bilan boshqa faoliyat turlari, jumladan, ovqat tanovul qilayotgan vaqtda muloqot qilishni afzal ko‘rishini aniqlashdi. Bu haqida Behavioural Processes nashri xabar beradi.

Tadqiqotchilar mushuklar ko‘nglini to‘rt kategoriya bo‘yicha aniqlashdi: inson bilan aloqa, ovqat, o‘yinchoqlar va hidlarni qabul qilish. Tajribada uy mushuklari va hayvonlar uyida boqiluvchi jonivorlar ishtirok etishdi.

Olimlar mushuklarni yuqorida sanab o‘tilgan imtiyozlardan biridan mahrum etishdi. Keyinroq esa mushuklarga o‘yinchoqlar o‘ynash, taom yeyish, yoqimli hidga ega xona yoki odamlar oldiga kirishni taklif qilishdi. Tajriba jarayonida olimlar shuni aniqlashdiki, mushuklar uchun taom emas, inson bilan bo‘lgan muloqot birinchi o‘rinda turadi.

Bir necha soat davomida och qoldirilgan mushuklar taom solingan idish paydo bo‘lganida insonlar bilan muloqot ko‘rishni afzal bilishdi. Hattoki, odamlar bilan deyarli aloqa qilmaydigan hayvonlar uyidagi mushuklar ham shunday yo‘l tutishdi.

"Biz mushuklarning 50 foizi odamlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilgan bo‘lsa ham, yoki qolgan uch kategoriya havola etilgan bo‘lishiga qaramay, ijtimoiy imtiyozlar bilan hamkorlik qilishni afzal ko‘rganini aniqladik", — deyiladi maqolada.

Mazkur tadqiqot mushuklar insonlarga nisbatan xudbin va befarq bo‘lgan jonivor, degan keng tarqalgan cho‘pchaklarga yakun yasaydi. 
 

Mavzuga oid