Samsung yangi modeli LG va iPhone’ga qarshi: suratlar sifati
Samsung Galaxy S8’da raqobatchilaridagi kabi ikkitalik kamera yo‘q. Bir yil avval Galaxy S7’da bo‘lgan Dual Pixel texnologiyasi, F1.7 yorug‘lik kuchi ham. Biroq sifat yaxshilandimi?
Ikkitalik kameraning eng foydali funksiyasi – optik zum analogidir. Obektlarni yo‘qotmay turib yaqinlashtirish – bu zo‘r. Bu holat Huawei P10, iPhone 7 Plus (biroq, kechqurun emas) va LG G6 (buning uchun s'yomkaning keng burchagi niqobidan foydalanilsa ham) qurilmalarida bor. Galaxy S8 bunday imkoniyatga ega emas, ammo balki sifat yaxshidir? Tekshirib ko‘ramiz.
Avtomatik sozlamalar va ommabop syujyetlardagi oddiy s'yomka sifatini taqqoslab ko‘ramiz. Barcha kadrlar bir xil sharoitda HDR’siz olingan. Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy S7 o‘tgan yilgi eng yaxshi kamerofonlardan biri edi, biroq avtomatika qorong‘ulikdagi oq rang nisbati bilan ko‘p xatoga yo‘l qo‘yardi.
Portret
Biz ko‘proq portretlarni suratga olamiz.
LG’ning oddiygina moduli oxirgi o‘rinda: kichik obektlar (sochlar) aralashib ketgan, rang uzatish juda ham tabiiy emas. iPhone keskinlikda ko‘payib ketgan, yuzda notekisliklar aniq ko‘rinib turibdi.
G‘olib - Samsung: yuz rangi tabiiy, tishlar oq, sochlar yaxshi ishlangan. Bino ichidagi portretlar s'yomkasi uchun – besh baho.
Kunduzgi peyzaj
Kunduzgi s'yomkada barcha smartfonlar bir-biriga o‘xshash, biroq bu yerda ham bir qator o‘ziga xos farqlar bor.
Suratlardan ko‘rish mumkinki, LG’da shovqinlarning eng yuqori darajasi (kichik sensorga rahmat), iPhone’da haddan tashqari qorong‘i kadr, Samsung’da esa kichik keskinlik, detallar juda ham yumshatilgan, xuddi aralashib ketayotgandek go‘yo.
Bu yerda aniq g‘olib yo‘q.
Matn
Matnni murakkab sharoitlarda suratga olish – smartfonlarning juda muhim vazifasi. Bu holatda ham kamchiliklar aniqlandi: LG’da qorong‘uroq, Samsung’da kadr chetlari aralashib ketgan.
G‘olib – iPhone, kadr butun maydoni bir xildagi sifatda.
Yaqindan turib s'yomka qilish
Bir qarashda iPhone, LG va Samsung’da olingan suratlar yomon emas, biroq yaqindan turib qaralsa, orqa plan iPhone’da yaxshiroq, fotoapparatdagi boshqaruv elementlari koreyaliklarniki kabi yeyilib ketmagan, rang uzatish ham eng tabiiy.
Ikkinchi o‘rinda LG, Samsung’da esa kadrning barcha maydonida keskinlikning yo‘qolishini ko‘rish mumkin.
Xonadagi s'yomka
Xonada ham iPhone raqobatchilaridan ko‘ra yaxshiroq natijani ko‘rsatdi. LG va Samsung bu holatda deyarli bir xilda, garchi LG surati biroz yaxshiroq, ammo sal shovqinliroq, kropdagi ko‘rsatkichga e'tibor bering.
Yakunda
Samsung Galaxy S8 kamerasi Galaxy S7 yoki Note 7’dagi kabi bir xilda ekani ma'lum bo‘ldi. Hammasi o‘sha darajada: xonada suratga olish bilan bog‘liq qator muammolar bor.
Samsung faqatgina portretlar s'yomkasida yakka g‘olib bo‘lib chiqdi, shuningdek kunduzgi suratlar ham yomon emas. Ko‘ramiz, model sotuvga chiqarilishi bilan vaziyat qanday o‘zgarar ekan, sababi soft hozirda yakuniy emas va ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin.
Mavzuga oid
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:56 / 08.11.2024