Qöşiqçi Timati Moskvada futbol klubi taşkil qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Black Star kompaniyasiga asl ismi şarifi Timur Yunusov bölgan Timati bilan birga hammuassisi hisoblanadigan Pavel Kuryanov ma'lum qilgan.

Uning aniqlik kiritişiça, bunda alohida futbol agentligi bölişi ham közda tutilgan.

«Loyihaning birinçi yili uçun 10 million rubl sarflaş rejalaştirilgan. Bu borada bizga Rossiya futbol ittifoqi litsenziyasiga ega bölgan mutaxassis kömaklaşadi.

Asosiy maqsadlarimizdan biri 3-5 yil içida futbol jamoasiga asos soliş. Uning nomi Black Star böladimi, «Strogino»mi yoki şunçaki «Moskva», aniq töxtamga kelmaganmiz. Biz ortiqça uriniş yoki harakatlarsiz jamoani ğarb prinsiplariga asosan şakllantirişni maqsad qilganmiz», deya Kuryanovning sözlarini keltirgan TASS.

«Bizga eng muhimi kapitalizatsiya hamda qiziqarli futbol. Davlat pullarini özlaştiriş yoki futbolçilarga belgilangan katta maoşlar ortidan «pul yuviş» kerak emas», — deya qöşimça qilgan u.

Jamoa öz faoliyatini rasman qaysi mavsumdan boşlaşi hozirça aniq emas.

RFI vitse-prezidenti Sergey Anoxin bu loyiha mamlakatda bolalar futboli taraqqiyoti uçun omil bölişini qayd etib ötgan.