Cadillac avtomobilsozlik kompaniyasi 2021 yilgaça kamida 8 ta yangi model işlab çiqarmoqçi. Bu modellardan törttasi krossover böladi. Bu haqda Automobile naşri xabar bermoqda. 

Dastlabki ma'lumotlarga köra, ilk ikkita yangi model keyingi yildayoq paydo böladi.  Bu kiçik sedan va krossover böladi. Sedan ATS modelining örnini egallaydi va bozorda Mercedes-Benz CLA bilan raqobat qiladi. Bu maşina old privodli, oxirgi avloddagi Chevrolet Cruze şassisida quriladi.   

Ixçam krossover XT3 indeksi oladi hamda General Motors konsernining orqa privodli uzaytirilgan Alpha şassisi negizida quriladi va BMW X3’ga raqobatçi böladi.

2019 yilda CTS modelining örnini egallaydigan model va katta ölçamdagi XT7 krossoveri çiqadi. Krossover BMW’ning eng katta modeli X7’ga raqobat taşkil qiladi. BMW X7 modeli 2018-2019 yillarda paydo bölişi kutilmoqda. 

2020 yilda "Kadillak"ning eng ixçam krossoveri çiqadi va u gabarit ölçamlari böyiça BMW X1 modeliga yaqin böladi. Yana bir yildan keyin bozorga ikkinçi avloddagi XT5 va yangi katta flagman sedan CT8 çiqadi.