Cadillac XT5 krossoverining plag-in gibrid dvigateliga ega yangi modifikatsiyasini taqdim qildi. Hozirça faqat Xitoy bozori uçun.

 

Taşqi körinişidan gibrid XT5 yangilangan old qismi bilan ajralib turadi. Katta radiator panjarasi Optiq, Lyriq va Vistiq modellari uslubidagi yoritiluvçi elementlar bilan jihozlandi. Pastki havo yiğgiçga faol aerodinamik tösiqlar qöşildi. Bundan taşqari, gibrid versiyada odatiy tutun çiqariş quvurlari mavjud emas.

Dvigatel asosida ikkita elektromotorli hamda 5C tez zaryadlaşni qöllab-quvvatlaydigan litiy-ion batareyali plag-in gibrid tizimi yotadi. Benzinli dvigatel 148 ot kuçini, oldingi elektromotor 215 ot kuçini, orqa elektromotor esa 148 ot kuçini taşkil etadi.

 

Yana bir muhim yangilik – haydovçiga yordam beriş tizimlari uçun modernizatsiya qilingan uskunalardir. Tomga lidar örnatilgan, yon tomonlarida qöşimça kameralar paydo bölgan, faralar esa yarim avtonom boşqaruv funksiyalariga ega maşinalarga xos bölgan havorang tusli yoritqiçlar bilan jihozlangan. Momenta R7 World Model texnologiyasiga asoslangan takomillaştirilgan majmua şahar içida harakatlanişga möljallangan bölib, aylanib ötişlar, aylanma çorrahalar, piyodalar ötiş joylari va qatorni özgartiriş kabi vaziyatlarni uddalay oladi.

Cadillac yangi tizim nafaqat yöl va tösiqlarni tanibgina qolmay, balki atrofdagi vaziyatni yaxşiroq tuşunib, voqealar rivojini oldindan başorat qila oladi va mos reaksiyalarni tanlaydi, deb umid qilmoqda.