Hududlararo hamkorlikni örnatiş, özaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytiriş, qöşma korxonalar taşkil etiş, ijtimoiy-gumanitar, ta'lim, soğliqni saqlaş, qişloq xöjaligi sohalarida birgalikda işlaşni yölga qöyiş maqsadida Rossiyada safarda bölib turgan Namangan viloyati delegatsiyasining avvalgi kunlarda amalga oşirgan işlari haqida xabar bergan edik.
Janubiy Ural savdo-sanoat palatasida özbekistonlik va janubiy urallik işbilarmon doiralar biznes forumi ötdi hamda uning asnosida muzokaralar ötkazildi.
Biznes forumda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Rossiya va Özbekiston kiçik hamda örta biznes sohasida hamkorlik böyiça katta imkoniyatlarga ega ekanligini ta'kidlab ötdi. Namangan viloyatining tekstil sohasidagi ulkan salohiyati, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib berişdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
“Bizning korxonalarimiz Janubiy Ural tadbirkorlari bilan yaqin aloqalarni yölga qöyib, özaro savdo hajmini oşirişni maqsad qilişgan. Şuningdek, birgalikda biznes-loyihalarni amalga oşiriş har ikki taraf ham uçun foydalidir. Yengil sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksportidan taşqari, biz maşinasozlik va metallurgiya sohasida qöşma korxonalar taşkil etişdan özaro manfaatdormiz. Bugungi tadbir özaro işonç va hurmatga asoslangan ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaşda muhim ahamiyat ega”, – dedi Xayrullo Bozorov.
Tadbir doirasida Rossiya-Özbekiston işbilarmonlari özaro muzokaralar ötkazişdi. Namangan viloyati işlab çiqariş korxonalarining mahsulotlari körgazmasi mezbonlarga namoyiş etildi.
Anvar Ikromov
Hojiakbar PATTAYeV











