Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti talabalari yangi “SoccerBots” robotni yaratişdi. “SoccerBots” RoboSport uçun işlab çiqilgan kiriş loyihasi bölib, uning asosiy maqsadi yoşlarning robototexnika va dasturlaşga nisbatan qiziqişlarini uyğotişdir.

Mazkur öyinda har bir jamoada bittadan törttagaça iştirokçi qatnaşişi mumkin. Har bir iştirokçi bitta robotni masofaviy konroller yordamida Wi-Fi texnologiyasi orqali nazorat qiladi. 

Öyindan asosiy maqsad esa jamoalar raqib darvozasiga gol kiritişdan iborat bölib, raqiblariga nisbatan köproq gol kiritgan jamoa bellaşuvning ğolibiga aylanadi. Darvozalar infraqizil sensorlar bilan yoritilib, ular yordamida koptok darvozaga kiritilgani aniqlanadi. Urilgan gollar hisobi maxsus svetodiod matritsada öz aksini topadi. 

“SoccerBots” loyihasi Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti talabalari Toşpulatov Davronbek, Işmuhamedov Boriyxon, Umarov Sardor, Adilov Nuriddin va Yakubov Abdulaziz tomonidan işlab çiqilgan.