Yaponiyaning Fuji Heavy Industries maşinasozlik kompaniyasi 1 apreldan özining nomini Subaru nomiga özgartirdi. Avval bu nom avtomobil markasiga tegişli bölgandi. Bu haqda konsern tarqatgan xabarda ma'lum qilindi.  

"Kompaniya nomining özgarişi bu oldinga yangi qadamdir. Albatta, biz yirik avtomobilsozlik kompaniyalari bilan raqobatlaşa olmaymiz, biroq xavfsiz, haydaşdan zavq beradigan maşinalarni Yaponiya va AQŞ bozoriga möljal olgan holda işlab çiqarişda davom etamiz", deb aytdi kompaniya rahbari Yasuyuki Yosinaga.

Subaru yapon tilida Buzoq yulduzlar turkumidagi Hulkar yulduzlar tödasining nomini bildiradi. Marka emblemasida ham yulduzlar tasvirlangan. 

Kompaniya 1953 yilda Nakajima Aircraft aviasozlik korporatsiyasining parçalanişi natijasida taşkil topgan. Kompaniya 1958 yildan boşlab Subaru markasi ostida maşinalar işlab çiqarişni boşlagan.  

Yaponiyada kompaniyaga yiliga 600 mingta avtomobil, jumladan Impreza, Forester, Legacy kabi ommaviy modellarni işlab çiqaradigan 2 ta zavod tegişli. Kompaniya 2014 yilda 20-millioninçi maşinasini işlab çiqargandi.

Kompaniya sotadigan atomobillar miqdori Toyota sotadigan avtomobillar miqdorining 9 dan birini taşkil qiladi. Kompaniya hissasiga dunyo avtomobil bozorining bor-yöği 1 foiz uluşi töğri keladi. Biroq uning sof daromadi umumiy xarajatlardan 17,5 foizni taşkil qiladi va bu Yaponiya avtomobilsozlik sanoatida eng yuqori körsatkiç hisoblanadi.