Indoneziyada şanba, 1 aprel kuni yuz bergan öpiriliş oqibatida yigirma nafardan ortiq inson bedarak yöqoldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Favqulodda hodisa Yava orolida röy berdi, öpiriliş Şarqiy Yava viloyatidagi Baranar qişloği yaqinida sodir bölgan.

Natijada 30ga yaqin uy-joy, boşqa binolar va transport vositalari zarar kördi. Indoneziya tabiiy ofatlar tahdidini kamaytiriş böyiça agentligi ma'lumotiga köra, öpiriliş ostida 27 kişi qolib ketgan.

Şu bilan birga, mahalliy armiya boşliği ma'lumotiga köra, bedarak yöqolgan kişilar soni 38 insonga teng. Ularni qutqaruvçilar, askarlar va köngillilar qidirmoqda.