Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumçisi Per-Emerik Obameyang Germaniya çempionatining 26-turida «Şalke»ga qarşi öyin vaqtida Nike firmasi tayyorlagan niqobni kiygan holda golni nişonlagani uçun jazolanişi mumkin. Bu haqda Goal xabar bermoqda.
«Borussiya»ning texnik homiysi Puma hisoblanadi va bu firma sport epirovkalari bozorida Nike bilan raqobatçi. Dortmundliklar jamoasi sport direktori Xans-Yoaxim Vattske ma'lum qildiki, Obameyyangning harakati reklama ruhida deb topilsa, sanksiya qöllanadi.
«Hozirça buni tasdiqlay olmayman. Ammo bu reklama ekani aniqlansa, Per-Emerik muammoga duç keladi», — degan Vattske.
Bundan oldinroq, uşbu uçraşuv vaqtida «Şalke»ning talismani uçraşuv hakami Feliks Tsvayyerga öyindan keyin qizil kartoçka körsatgani haqida xabar berilgan va bu iş yuzasidan tegişli jazo çorasi körilişi mumkinligi aytilgandi.













